APLga ikki metrlik hujumchi kelmoqda!
"Napoli" hujumchisi Lorenzo Lukka Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin. Jurnalist Fabrizio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Nottingem Forest" 25 yoshli futbolchi uchun kelishuvga erishdi.
"O‘rmonchilar" ikki metrlik italyalik futbolchini 1 million yevroga ijaraga olmoqda, uni 35 million yevroga sotib olish imkoniyati ham mavjud. Hujumchining boshqa ko‘plab variantlari bor edi, ammo "qizillar" eng qulay shartlarni taklif qilishdi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Lorenzo Antonio Konte jamoasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar