APLning 3 grandi 18 yoshli portugalialik futbolchiga qiziqishmoqda
Ali Ahmadxo’jayev
Transfer 100 million funtdan oshishi mumkin
Angliya klublari "Portu" hujumkor yarim himoyachisi Rodrigo Moraga da'vogarlik qilmoqda.
18 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar "Nyukasl" bo'lib turibdi: Transfer News Live xabariga ko'ra, "qarğalar" tavakkal qilishga va o'sib kelayotgan yulduz transferi uchun katta pul tikishga tayyor. Yosh portugaliyalikning narxi taxminan 69 million funtni (taxminan 80 million yevro) tashkil etadi va bonuslar bilan 100 million funtdan (115 million yevro) oshishi mumkin. Futbolchini "Manchester Siti" va "Arsenal" ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Rodrigo Mora "Portu" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Izohlar (0)