APLning iyul oyidagi eng zo‘r futbolchisi nomi e’lon qilindi

  • 05.08.2020 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Maykl Antonio Angliya premer-ligasida iyul oyining eng zo‘r futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, Antonio o‘tgan oy APLda jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishdi. E’tiborlisi, u chempionatning 35-turida "Norvich"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda poker qayd etdi.

Ushbu nomga da’vogarlar qatorida Olive Jiru ("Chelsi"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), Nika Poupa ("Byornli"), Kristian Pulishich ("Chelsi") va Raxim Sterling ("Manchester Siti") kabi futbolchilar ham bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!