APLning yetakchi klubi «Milan» yulduziga ko‘z tikdi

  • 31.05.2026 00:04
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» jamoasining flangda harakat qiluvchi hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirgan. «Milan» Chempionlar ligasiga yo‘l ola olmaganiidan so‘ng klub moliyaviy vaziyatni yaxshilash maqsadida vinger bo‘yicha takliflarni kamaytirilgan narxda ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 50 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

O‘tgan mavsumda Leau barcha musobaqalar hisobga olinganda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi, 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Hujumchining «Milan» bilan amal qilayotgan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!