AQSh nimasi bilan Rossiyadan kuchli? Ispaniyalik mutaxassis javob berdi

  • 4 dekabr, 2022, 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak"ning sobiq ustozi Raul Riancho AQSh terma jamoasi Rossiya terma jamoasidan nimasi bilan ustun ekanligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, amerikaliklar Qatarda bo‘lib o‘tayotgan joriy jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq ular turnirning 1/8 finalidan nariga o‘ta olishmadi, chunki kecha Niderlandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi (1:3).

Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Rossiya terma jamoasining asosiy muammosi mamlakatda yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha yagona strategiya ishlab chiqilmaganida.

“Rossiyadagi futbol akademiyalarda metodik ish yo‘q. Dunyodagi barcha mamlakatlarda futbolchilarni rivojlantirish bo‘yicha aniq sxema mavjud. Rossiyada esa har bir akademiyaning o‘ziga xos ish uslubi bor”, — dedi Riancho Sport24 ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!