AQSh terma jamoasi murabbiyi nega O‘zbekiston bilan o‘yindan bir kun oldin tarkibni e’lon qildi? - Davron Fayzievdan javob

  • 9 sentabr, 2023, 15:19
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda AQSh bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Sent-Luis shahridagi "CityPark" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv 02:30da boshlanadi.

Mezbonlar ustozi Gregg Berxalter bellashuvdan bir kun avval tarkibni e’lon qildi.

O‘zbekiston MTJning AQShga qarshi o‘yinini kim sharhlashi ma’lum

photo_2023-09-09_10-08-44

Ushbu voqelikka O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida qisqacha fikr bildirdi.

- Bugun tungi 02:30 da O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi tarixdagi birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Raqiblar murabbiyi 1 kun avval tarkibni e’lon qilib yubordi. Favoritligini qayd etib qo‘ymoqchi. Bizning futbolchilar munosib javob berishiga umid qilamiz, - dedi Davron Fayziev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
09/09/2023 15:53
Менсимаяпти, ўзича, ўзбекистон 2:3га ютади
Ahmatxuja Bardilov
09/09/2023 19:35
Худойим хохласа узбекистон 1:0 галаба килишади. Мана курасизлар азизларим
ишбобоев жума
09/09/2023 16:35
Олга Узбекистон!
&
Бахромжон Турсунов
09/09/2023 16:16
Балли