AQShlik bolalarga boksdan saboq berayotgan sportchimiz haqida eshitganmisiz?

  • 14.05.2019 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ham havaskor, ham professional boksda o‘zbek charm qo‘lqop ustalarining dovrug‘i butun dunyoga mashhur ekanligi hech kimga sir emas. Bugunga kelib ular o‘zbek boks maktabining dovrug‘ini jadal sur’atlarda tanita boshlashdi.

Quvonarlisi, yigitlarimiz okean ortidagi ringlarni zabt etish bilan birga, u erdagi yoshlarga boks sirlaridan ham ta’lim berishmoqda.

Xabaringiz bor, dastlab havaskor ringda, so‘ngra professionallarda faoliyat boshlagan hamyurtimiz Baxodir Mamajonov (“Baxa”) engil vazn toifasida ketma-ket muvaffaqiyat qozonib, WBA International chempionlik kamariga ham ega bo‘lgandi. U boks olamida zamonasining eng mashhur promouterlaridan biri Don King bilan bir muddat hamkorlik qilgani ham muxlislarga sir emas.

Shu o‘rinda, sportchimiz bilan bog‘lanib, uning nimalar bilan mashg‘ul ekanligiga qiziqdik.

- Bahodir aka, hozir qaerda istiqomad qilyapsiz va nimalar bilan bandsiz?

- Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Ayni paytda AQShning Texas shtati, Xyuston shahrida istiqomad qilyapman. Shu erda sport zali ochib, sportchilarga boksning sir-asrorlarini o‘rgatib kelyapman.

- Faoliyatingizda so‘nggi vaqtda biroz “jimlik” sezildi?

- Fikringizga qo‘shilaman. Hozircha biroz tanaffus olishga qaror qildim. Bu jihat har bir professional sportchi uchun juda muhim. Tabiiyki, vaznim ham o‘zim jang qiladigan normadan yuqorirok. Yaqin oylar ichida yana sport formasiga qaytib, reyting jangini o‘tkazish rejamga kiritilgan.

- Hozir Murodjon Ahmadaliev, Shaxram G‘iyosov, Fazliddin G‘oibnazarov, Shohjahon Ergashev kabi mohir bokschilarimiz ham katta janglar ostonasida turishibdi. Ular haqida fikringiz?

- Shubhasiz, ukalarimizni kareralarini muntazam kuzatib boraman. Ular har bellashuvda yorqin natijalarga erishib, mahorat bobida yuksalib borishmoqda. Albatta, ularning faoliyatida hozir o‘ta muhim davr. Shuning uchun yuqori kontsentratsiyani ushlab tura bilish talab qilinadi. Bu murakkab jarayon. Shuni his qilgan holda, ukalarimizning kelgusi janglarida bundanda yuqori natijalarni va chiroyli g‘alabalarni tilab qolaman.

Fazliddin Husniddinov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!