"Aral Samali" O‘zPFL tomonidan jiddiy ogohlantirildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Aral Samali» futbol klubini rasman ogohlantirdi. Pro liganing 5 ta turida uchrashuv qaydnomasi bosh murabbiy tomonidan imzolanmagan.
Bunga sabab sifatida bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Temur Turdievning Pro litsenziyasi so‘nggi modulida tahsil olayotganini ko‘rsatish mumkin. 20 may kuni Turdiev so‘nggi imtihonni topshiradi. 25 may sanasida esa «Aral Samali» Nukusda «Xorazm» futbolchilarini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvga qadar «Aral Samali» bosh murabbiy masalasini to‘la hal etishi lozim.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar