Arbeloa chempionlik poygasi tugamaganini aytdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Jirona"ga qarshi 31-tur uchrashuvidagi 1:1 hisobidagi durangdan keyin jamoa chempionlik kurashidan chiqib ketgani haqidagi fikrlarga qo‘shilmadi.
Ayni paytda jadvalda ikkinchi o‘rinda borayotgan "qaymoqranglilar" 31 o‘yindan so‘ng 70 ochko to‘plagan. Peshqadam "Barselona" hisobida esa 30 uchrashuvdan keyin 76 ochko mavjud.
Arbeloa La Ligada hali hech narsa hal bo‘lmaganini va jamoa so‘nggi turgacha kurashishini ta’kidladi.
"Men chempionatni faqat haqiqatdan ham yutqazganimizdagina yutqazdik, deb his qilaman. Biz kurashni davom ettiramiz.
Biz o‘z ranglarimizni himoya qilamiz va imkoniy boricha eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Biz eng so‘nggi kungacha kurashishimiz kerak", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar