Arbeloa: "Maqsadimiz — "Benfika"ni emas, Chempionlar ligasini yutish"

  • 17.02.2026 01:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Benfika"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Birinchi uchrashuv seshanba kuni Lissabondagi Eshtadiu da Lush stadionida bo'lib o'tadi. Avvalroq “Benfika” musobaqaning umumiy bosqichi so'nggi turida “Real”ni 4:2 hisobida mag'lub etgan edi.

— Ertaga qanday “Benfika”ni kutyapsiz?

— Avvalo, individual jihatdan kuchli futbolchilarga ega jamoani. Ularning kayfiyati ham uch hafta avvalgidek bo'ladi. Ularga o'yin uslubini belgilab beradigan, jamoani ortdan ergashtiradigan yetakchi bor. Ayrim mayda jihatlarda farq bo'lishi mumkin, ammo bu juda raqobatbardosh va og'ir o'yin bo'ladi. Biz bunga tayyor turishimiz kerak.

— Joze Mourinyo "yaralangan” “Real” haqida gapirdi. Qasos hissi bormi?

— Yo'q, yo'q, yo'q. Biz doim g'alaba haqida o'ylaymiz. Maqsadimiz faqat “Benfika”ni musobaqadan chiqarish emas, balki Chempionlar ligasini yutish. Pley-offga chiqish — qasos emas, bu bizning maqsadimiz, — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!