Arbeloa: "Real" dunyodagi eng yaxshi futbolchisiz ham kuchli o‘ynamoqda"
"Real Madrid” dunyodagi eng yaxshi futbolchisiz yaxshiroq oʻynaydi, deb aytish qiyin. Ammo bu jamoaning qay darajada kuchli ekanini va qanday yaxshi oʻyin koʻrsatayotganini koʻrsatadi", — dedi Arbeloa.
Shuningdek, u Jud Bellingem va Mbappenning holati haqida ham toʻxtaldi.
"Jud jamoa bilan birga boʻlishni istadi. U mashgʻulotda qisman ishtirok etadi, ammo maydonga tushmaydi. Uning jamoadoshlariga yaqin boʻlishi muhim. U yetakchilardan biri va biz uchun uning borligi juda muhim. Mbappe esa allaqachon tayyor, uning maydonga tushishi boʻyicha qarorni koʻramiz", — dedi murabbiy.
Maʼlumot oʻrnida, madridliklar Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk bahsida "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Mbappe ushbu uchrashuvni tizzasidagi jarohat sabab oʻtkazib yubordi. Javob oʻyini seshanba kuni Manchesterda boʻlib oʻtadi.
Fikrlar