Arbeloa “Real”ni o‘ynatish usulini topdi. U Anchelotti qilgan ishga qo‘l uradi

  • 26.01.2026 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Alvaro Arbeloa jamoaga g'alaba keltiradigan va oʻyinchilarning salohiyatini namoyish qilishga imkon beradigan oʻyin uslubini qoʻllashga qaror qildi.

Arbeloa oʻzidan avval ishlagan Xabi Alonso qoʻllagan oʻyin usulidan voz kechadigan boʻldi. Alonso davrida jamoa oʻyinchilari uchrashuvlarda  yuqori intensivli pressingga asoslangan oʻyin namoyish qilgan.

Bu holat futbolchilardan ortiqcha mehnatni ham talab qilar edi. Arbeloa jamoaga maydonda koʻproq erkinlik berishni istaydi.

Diario AS maʼlumotiga koʻra,  yangi bosh murabbiyning bu boradagi qarashlari Karlo Anchelottinikiга oʻxshaydi. Arbeloa ham mashhur italyalik murabbiy yoʻlini tutib, futbolchilarning improvizatsiya qilishiga ruxsat bermoqchi. Shuningdek, yangi oʻyin tizimida hujumkor oʻyinchilarning har doim ham himoyaga qaytishiga hojat qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!