Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Arbeloa: "Tchuamenining goli juda muhim edi, Vinisius esa yetakchi bo‘lishi kerak"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Mutaxassis jamoasining o‘yini hamda futbolchilar haqida gapirdi

"Chempionlar ligasida 90 daqiqa davomida oson o‘yin bo‘lmaydi, baribir qiynalishga to‘g‘ri keladi. Raqib yaxshi pressing qildi, biz esa yarim himoyachilar orasidagi bo‘sh hududlardan qanday foydalanishni bilmadik. Tanaffusda xatolarni to‘g‘riladik va o‘yinimiz yaxshilandi.

Orelien Tchuamenining goli juda muhim bo‘ldi. So‘nggi kunlarda u haqida ko‘p gapirdik, u hozir ajoyib darajada o‘ynamoqda. Agar u jarima maydoni chizig‘igacha yetib borishda davom etsa, ko‘p gol uradi.

Vinisius Juniyor ajoyib o‘yin o‘tkazdi, gol urdi va har bir imkoniyatda xavf yaratdi. Uning uyida allaqachon o‘ynining eng yaxshi futbolchisi sovrinlari ko‘p, ammo bu safar Orelien ham mukofotga munosib edi.

Maydonda Kilian Mbappe bo‘lganida ham, bo‘lmaganida esa yanada ko‘proq, bizga Vinisius kerak. U yetakchimiz, o‘yin atrofida quriladigan futbolchi bo‘lishi shart. U shu darajada o‘ynashda davom etadi, deb umid qilamiz.

Keyingi bosqichda kim bilan o‘ynashimizdan qat’i nazar, jiddiy raqib bo‘ladi. Bizda hech qanday afzal ko‘rish yo‘q", — dedi Arbeloa "Movistar" efirida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q