Arda Gyuler: "Jud bilan birga o‘ynash menga juda yoqadi"

  • 23.10.2025 15:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler Jud Bellingem bilan bir jamoada to‘p surish haqida fikr bildirdi.

"U bilan birga o‘ynash menga juda yoqadi. Shuningdek, Tchuameni va Kamavinga bilan ham — ularning har biri maydonda mo‘’jizalar yarata oladi. Biz Judning safga qaytganidan juda xursandmiz", — dedi turk futbolchisi jurnalist Arlind Sadikuga.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem yangi mavsum boshida elkasidagi jarohati sababli bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. U barcha musobaqalarda 7 marta maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Gyuler esa 12 ta bahsda ishtirok etib, 3 gol va 5 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam bergan.

26 oktyabr kuni "Real" o‘z maydonida La Liganing 10-tur doirasida "Barselona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!