Argentina afsonalaridan biri eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

  • 25 dekabr, 2024, 23:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

- Mening fikrimcha, Mbappe hozir dunyodagi eng zo‘r o‘yinchi. Jahon chempionati finalida u qanday o‘ynaganini ko‘rdingizmi? Bu Mbappening Argentinaga qarshi o‘yini edi. Bu haqiqatan ham ajoyib. Kilian noodatiy va Pelega o‘xshaydi.

Hozir u ilgarigidek yaxshi o‘ynamayapti. Axir, "Real" dunyodagi eng katta sinov maydoni" - dedi sobiq posbon.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda umumiy 23 ta bellashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!