Argentina terma jamoasi a’zosi o‘ldimi?
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi hujumchisi Kristian Pavon instagram sahifasi orqali o‘zining o‘limi haqida tarqalgan ma’lumotni rad etdi.
Bungacha ayrim mahalliy nashrlarda 25 yoshli argentinalik futbolchining yo‘l-transport hodisasida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kristian Pavon 2014 yildan buyon “Boka Xuniors” klubi futbolchisi hisoblanadi.
Pavon Argentina terma jamoasi safida 2016 yilgi Olimpiada hamda 2018 yilga jahon chempionatida ishtirok etgan.



Fikrlar