Argentina terma jamoasi himoyachisi "JCh-2026" finalida og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan o‘ynaganini tan oldi
Kristian Romero jahon chempionati–2026 finalida og‘riq qoldiruvchi dorilar yordamida jarohat bilan o‘ynaganini aytdi.
«Atletiko» va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero 2026 yildgi jahon chempionati finalida jarohati sabab og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilib maydonga tushganini aytdi.
«Finaldan oldingi kunlarda mashg‘ulotlarni ham zo‘rga o‘tkazayotgandim. O‘yinga eng yaxshi holatimda chiqmadim. Bir-ikkita tabletka qabul qilib, og‘riq qoldiruvchi ukollar olganimdan keyin avvalgidek o‘ynashga harakat qildim. Ikkinchi bo‘limda esa organizmim bunga chiday olmadi», — deya Romeronig so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi All About Argentina sahifasi keltirmoqda.
Futbolchining ta’kidlashicha, jamoa musobaqaga jismoniy jihatdan eng yaxshi holatda yetib kelmagan va butun turnir davomida turli jarohatlar bilan kurashgan. Shuningdek, Romero Angliyaga qarshi o‘yindan keyin Axill payi bilan bog‘liq muammolar boshlanganini va ular hozirgacha davom etayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Argentina Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar (0)