Argentinalik hujumchi Shomurodov bilan o‘ynashga rozi bo‘ldi

  • 17.01.2021 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning “Jenoa”si TsSKAning argentinalik hujumchisi Adolfo Gaychga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Mahoratli futbolchining o‘zi ham “Jenoa”ga o‘tishga rozilik berdi. Bu futbolchiga Italiyadan tashqari Germaniya, Turkiya va Argentinadan jiddiy chorlovlar bo‘layotgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Jenoa” iste’dodli hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yarim yilga ijaraga oladigan bo‘ldi. Bu holat futbolchining o‘zini ham qoniqtirdi.

TsSKA Gaychni yozda 8,5 million evroga sotib olgan edi. 21 yoshli futbolchi Rossiya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol ura olgani yo‘q. Shu bois, “armiyachilar” rus futboliga moslasha olmagan o‘yinchidan tezroq qutilishga qaror qildi.

Bugun Shomurodov–Miranchuk dueli! Eldor jamoasiga yordam bera oladimi? (Prevyu)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!