
“ArMI—2022”: “Professional mergan”: Bir bosqichdan uchta rekord natija
Eron Islom Respublikasining Yazd shahrida o‘tkazilayotgan “Professional mergan” musobaqasi qizg‘in pallada.
Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy, O‘zbekiston, Zimbabve hamda Eron jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan ushbu bellashuvda O‘zbekiston jamoasi barcha shartlarda muvafaqqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Galdagi ikkinchi bosqichda vakillarimiz uchta rekord natijani qayd etdi.
Xususan, kichik serjantlar Azizbek Yunusov va Sohibjon Rabbimov juftligi “Hamkorlik” yangi mashqini 122.45 soniyaga bajarib, rekord natija ko‘rsatdi. Mashqqa bir nechta o‘zgartirishlar kiritildi va shunga asosan “Pofessional mergan” yo‘nalishi bo‘yicha ushbu ko‘rsatilgan harbiy xizmatchilar natijalari yangi rekord natija deb qabul qilindi.
Katta leytenant Mahmud Avazov va kichik serjant Fazliddin Qirg‘izov juftligi “Dozor” tunggi mashqni 21.79 soniyada 50 ballga bajarib, rekord o‘rnatdi. O‘tgan yilgi rekord 26.37 soniyada Belarus jamoasiga tegishli edi.
Katta leytenant Mahmud Avazov va kichik serjant Fazliddin Qirg‘izov juftligi “Lider” mashqini 52.90 soniyada 19 ballga bajarib, yana bir rekordni yangiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Fikrlar