Arne Slot: "Liverpul" – "Manchester Siti" uchrashuvi qiziqarli bo‘ladi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot 9 noyabr kuni bo‘ladigan APL uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.
"Men intiqlik bilan kutayotgan juda qiziqarli o‘yin, chunki hali APLda ishlamasam-da, "Liverpul" - "Manchester Siti" o‘yini qachon bo‘lishini bilardim va uni televizorda tomosha qilardim. "El-klassiko"ni ham.
Bunday o‘yinlarni hammamiz intizorlik bilan kutib o‘tamiz. Agar sen o‘sha o‘yinda ishtirok etsang, bundan ham baxtliroq narsa yo‘q. Bu jamoalarning o‘zaro bellashuvlari o‘ntadan to‘qqizta holatda kutilgan darajada yuqori saviyada o‘tadi.
Menga Gvardiola jamoalari haqida eng yoqadigan jihat — ularda doim sifatli futbol bo‘ladi. Boshqa ortiqcha vaqt o‘tkazish, o‘yinni buzish, vaqt cho‘zish kabi narsalar yo‘q. Men futbolda bunday narsalarni yoqtirmayman. Pep jamoalari esa toza, mazmunli, haqiqiy futbol namoyish etadi", — dedi Arne Slot.



Fikrlar