Arne Slot “Liverpul”ning alamli mag‘lubiyati ta’siri aytib berdi
Angliya Premier-ligasining 23-turida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul” safarda “Bornmut” mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida juda alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Gap shundaki, Arne Slot shogirdlari 0:2 hisobidan keyin ikkita gol urib, vaziyatni o‘nglashga erishgan edi. biroq “Bornmut” o‘yin yakunlanishi arafasida g‘alaba to‘pini kiritishni uddaladi.
Uchrashuvdan keyin mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.
- Ikki to‘p farqi yo‘qqa chiqarib, o‘yin oxirida yana gol o‘tkazib yuborish juda og‘ir. Menimcha, birinchi bo‘lim davomida bor-yo‘g‘i 5–10 daqiqa o‘yinni to‘liq nazorat qila olmadik. Oxirgi 10 daqiqada ochiq o‘yin bo‘ldi.
Futbolchilarimiz charchaganini ko‘rdim, chunki oldingi o‘yindan keyin atigi ikki kun o‘tgan edi. Charchoq uchun futbolchilarni ayblay olmayman. Bizga juda intensiv o‘ynaydigan raqib qarshi turdi, - dedi Arne Slot.
23-turdan so‘ng 36 ochko to‘plagan “Liverpul” APL jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa bu mavsum chempionlik unvonini ushlab qola olmaydi.
Fikrlar