
Arsen Venger "Arsenal"ga qaytadimi?
Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik murabbiy Arsen Venger "Arsenal"ga qaytishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, londonliklar rahbarlari frantsiyalik mutaxassisga "Arsenal" ning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta atrofida muxlislarni yig‘ish uchun yangi lavozim taklif qilmoqchi. Venger va klub o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger 1996-2018 yillar davomida "Arsenal"ni boshqargan va klub bilan uch marotaba Angliya chempioni, etti marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar