Arsen Venger faoliyatini Rossiyada davom ettirishi kutilmoqda

  • 17 sentabr, 2019, 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Rus nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 69 yoshli mutaxassisga Moskvaning “Spartak” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. So‘nggi xabarlarga qaraganda moskvaliklar bosh direktori Tomas Tsorn Arsen Venger bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Londonga uchib ketgan.

Ta’kidlash kerakki, mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalar sabab o‘z lavozimini tark etishi kutilayotgan Oleg Kononov o‘rnini egallash uchun aynan Venger birinchi raqamli nomzod hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Venger FIFAda ish boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Arsen Venger 1996-2018 yillarda Londonning “Arsenal” klubini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!