Arsen Venger: Men Pochettino emas, Vengerman!
“Arsenal” ustozi Arsen Venger o‘z jamoasining APL chempioniga aylanishi imkoniyatlari haqida o‘z munosabatini bildirdi.
- Men Pochettino emas, Vengerman! Shuni ta’kidlashim kerakki, ushbu klubda imkonim boricha va oxirigacha kurashishga tayorman. G‘alabaga erishish uchun matematik imkoniyatimiz bor deb o‘ylayman.
“Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tgan uchrashuv bizni g‘azablantirib, o‘z maqsadlarimizga etishga yordam beradi, - deydi Venger goal.com nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, “Totenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z jamoasining APL chempioni bo‘lishidagi imkoniyatlarini juda pas deb baholagan.
Angliya chempionati 15-turi doirasida “Arsenal” o‘z maydonida MYuga imkoniyatni boy berib (1:3), 28 ochko bilan 5 o‘rinni egalab bormoqda.

Fikrlar