
Arsen Venger tez orada FIFA da ish boshlaydi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger tez orada xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA da texnik direktor lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda New York Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 69 yoshli frantsiyalik mutaxassisning FIFAdagi asosiy vazifasi murabbiylik sifatini oshirish va futbolning turli tizimlarida maslahatlar berishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFAni Marko van Basten va Zvonimir Bobanlar tark etgan edi. Arsen Venger esa 2018 yilning yozidan buyon ishsiz yuripti.
Fikrlar