
Arsen Venger yana "Monako"ga qaytishi mumkin
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger “Monako”da Leonardu Jardimning o‘rnini egallashi mumkin.
Xabarlarga qaraganda agar portugaliyalik murabbiy tez orada zudlik bilan jamoa natijalarini o‘nglay olmasa, uning o‘rniga aynan 69 yoshli murabbiy taklif etilishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Vengerni FIFAga texnik direktor lavozimiga taklif qilishmoqda, ammo uning o‘zi yana murabbiylik qilish istagida. Bundan avvalroq u bilan Moskvaning “Spartak” klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionatida dastlabki 5 ta turdan so‘ng 2 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Shu o‘rinda Arsen Venger “Monako”ni 1987-1994 yillarda boshqarganini va jamoa bilan birga Frantsiya chempioni va Kubogi sohibiga aylanganini eslatib o‘tish lozim.
Fikrlar