"Arsenal" 30 million evroga ispaniyalik darvozabonni sotib olmoqda

  • 9 avgust, 2023, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brentford"ning ispaniyalik darvozaboni David Rayya yaqin kunlarda "Arsenal"ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klublar 27 yoshli posbonning transferi bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erisha olgan. “Arsenal” ispaniyalik darvozabon uchun 30 million evro to‘laydi. Rayya esa "kanonirlar" bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolaydi. David kelasi hafta yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va bu vaqt ichida klublar transfer uchun yakuniy hujjatlarni tayyorlaydi. Shundan so‘ng transfer rasman e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli David Rayya 2019 yildan beri "Brentford"da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, darvozabonning taxminiy narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!