"Arsenal" 80 million evroga hujumchi xarid qilmoqchi

  • 05.11.2021 23:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida hujumchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, london klubi "Fiorentina" yulduzi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi. "Kanonirlar" florentsiyaliklar rahbariyati bilan muzokaralarni boshlagan. Qizig‘i, jarayon Londonda bo‘lib o‘tmoqda.

Kronke serbiyalik futbolchi uchun 80 million evrodan voz kechishga tayyor. Transfer yanvar oyidayoq rasmiylashtirilishi kutilyapti. Tomonlar tez orada kelishuvga erishishi taxmin qilinmoqda. 

21 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyaning 11 uchrashuvida 8 gol va 1 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!