«Arsenal» Belgiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishdan voz kechdi
Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta fransuz klubi «Lyon» vingeri Malik Fofanani sotib olishdan voz kechdi, deb xabar bermoqda Sports.kz nashri CaughtOffside manbasiga tayanib.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi transfer oynasi yopilishi arafasida «kanonirlar»ga taklif etilgan. Angliya klubi vakillari bitim shartlarini o‘rganib chiqqan, o‘yinchi esa Arteta bilan suhbat o‘tkazib, Londonga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirgan.
Shunga qaramasdan, «Lyon» Belgiya terma jamoasi a'zosi uchun 30–35 million funt atrofida mablag‘ so‘ragan. «Arsenal» rahbariyati va murabbiylar shtabi bu narxni yuqori deb hisoblagan va Fofana hozircha jamoani sezilarli darajada kuchaytirishga tayyor emas, degan xulosaga kelgan.
Natijada «kanonirlar» muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Klub faqat o‘yin sifati va transfer qiymati bo‘yicha ichki talablariga javob beradigan futbolchilarnigina sotib olishni maqsad qilgan. London klubining rad javobidan so‘ng Fofana uchun kurashni «Sanderlend» faollashtirgani xabar qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, belgilaylik vinger 2024 yil yanvaridan buyon «Lyon» sharafini himoya qilmoqda. Undan oldin futbolchi «Gent» tarkibida to‘p surgan.

Fikrlar