“Arsenal” boshqa klub bilan o’n yillik bitimi bor yulduzni sotib olmoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni – Londonning «Arsenal» klubi Ispaniyaning “Atletik” jamoasi vingeri Niko Uilyamsni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
El Nacional nashri maʼlumotiga koʻra, “kanonirlar” futbolchining shartnomasidagi 90 million evrolik tovon pulini toʻlashga tayyor.
23 yoshli ispaniyalikka “Manchester Yunayted” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq ayni paytda transfer poygasida “Arsenal” peshqadam hisoblanmoqda.
Niko Uilyams oʻtgan mavsum klubi safida barcha musobaqalarda 32 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Atletik” bilan tuzgan oʻn yillik shartnomasi 2035 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar