
"Arsenal" etakchisi MYuga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil APLning 15-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchi hali ham belidagi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan. Katta ehtimol bilan u yaqin orada jamoasiga yordam berolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “kanonirlar” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar