
"Arsenal" etakchisi o‘rnini 80 millionlik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishga yaqin turibdi.
Ingliz OAVning ma’lum qilishicha, "kanonirlar" uning o‘rniga nomzod topib ulgurgan. "Inter" yulduzi Lautaro Martines London klubida Obameyangning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "to‘pchilar" argentinalik futbolchi uchun 80 million evro taklif etmoqchi. Bu uning "Transfermarkt" portalidagi narxi hisoblanadi.
Avvalroq, "Arsenal" yomon hulqi sababli Obameyangni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilgandi. 32 yoshli hujumchi esa, "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi xabar berilgan.
Fikrlar