"Arsenal" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo‘l olmoqda

  • 2 yanvar, 2021, 15:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning gretsiyalik himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Takvim nashri tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli gretsiyalik futbolchi “Fenerbaxche” bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bundan avvalroq “kanonirlar” Sokratis bilan shartnomani bekor qilishmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Papastatopulos “Arsenal” safiga 2018 yil 16 mln evro evaziga “Borussiya” Dortmunddan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum “kanonirlar” tarkibida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!