
"Arsenal" futbolchisi uchun "Yuventus" va "Atletiko" kurash boshladi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Bukayo Saka faoliyatini Italiya yoki Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi uchun "Yuventus" va "Atletiko" klublari da’vogarlik qilmoqda. "Kanonirlar" esa o‘z tarbiyalanuvchisini 50 million evroga baholamoqda.
Saka joriy mavsum "Arsenal"da 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar