“Arsenal” himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 05.12.2025 22:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” himoyachisi Kristian Moskera qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda BCC nashri xabar bermoqda. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi kecha “Brentford”ga qarshi uchrashuvning 44-daqiqasida to‘pig‘idan jarohat olib, maydoni tark etgan edi. Tekshiruv natijalardan ko‘ra, himoyachi bu jarahotdan so‘ng 6 hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, APLning 14-turida Arteta shogirdlari “Brentford”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alabadan so‘ng “Arsenal” 33 ochko jamg‘argan xolda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!