
"Arsenal" hujumchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Braziliyalik futbolchi Angliya kubogining 3-raundidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga (2:0) qarshi o‘yindan oldin o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulotlari jarayonida jarohat olgan. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum emas.
19 yoshli Martinelli bir necha oylik davolanishlardan so‘ng yaqindagina safga qaytgan edi. U joriy mavsum “Arsenal” tarkibida jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar