“Arsenal” hujumchisi oxirida ommaviy janjal keltirib chiqardi

  • 09.01.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 21-turida joriy chempionatda peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” o‘z maydonida amaldagi chempion “Liverpul”ni qabul qildi. Ushbu bahsda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, o‘yin keskin va murosasiz o‘tdi.

“Kanonirlar” hujumchisi Gabriyel Martinelli uchrashuvning oxirida ommaviy to‘polon qo‘zg‘atdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Martinelli “Liverpul” himoyachisi Konor Bredlini maydon tashqarisiga itarib yubordi. Shu holatdan keyin qolgan futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Natijada Bredli jarohat olib, maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.

Angliya Premier-ligasining 21-turidan so‘ng “Arsenal” 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalab turibdi. “Liverpul” esa 35 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!