"Arsenal" kutgan javobini oldi

  • 9 avgust, 2020, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lill” himoyachisi Gabriel Magalyaes o‘zi uchun muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumdan keyin kuchli beshlik chempionatlaridagi qator klublar e’tiborini qozongan edi.

Tecno

Ayniqsa, bu futbolchi uchun “Napoli”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jiddiy kurashdi. Ko‘pchilik Gabriel kelasi mavsumda Chempionlar ligasida to‘p suradigan Manchester jamoasini tanlashini kutgandi. Biroq, 22 yoshli braziliyalik “Arsenal”ni tanladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” bu transfer uchun 27 million funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Gabriel joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!