"Arsenal" MYu futbolchisini xarid qilmoqchi

  • 5 aprel, 2020, 20:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard yozda klubni tark etishi mumkin.

Tecno

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi xizmatlariga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, jamoa bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher xavbekning ko‘rsatayotgan o‘yinidan noroziligini bildirgan edi. U Angliya chempionatida so‘nggi bor 2018 yil oxirlarida gollik vaziyatlarda ishtirok etgan.

Lingardning MYu bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Transfermarkt nashri futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!