"Arsenal" Obameyangni ko‘ndirish uchun Koutinoni olib kelishi kerak

  • 4 avgust, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” murakkab transfer sxemasini amalga oshirmoqchi. Londonliklar asosiy hujumchisi Per-Emerik Obameyangni saqlab qolish uchun uning yoniga “Barselona” pleymeykeri Filippe Koutinoni olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Obameyang “Arsenal” sovrinli o‘rinlar va Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurasha olmayotgani bois, klub bilan shartnomani uzaytirgisi kelmayapti. London klubi Koutino yordamida bu ishni uddalamoqchi.

Koutinoni qo‘lga kiritish uchun “Arsenal” bosh murabbiy Mikel Arteta g‘azabiga duchyor bo‘lgan Matteo Genduzini “Barselona”ga jo‘natishga tayyor. Ayni paytda “to‘pchi”lar Koutino bilan maosh masalasini muhokama qilmoqda. Kataloniyaliklar bu futbolchiga yiliga 11,2 million evro to‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!