"Arsenal" O‘zilni transferga qo‘ydi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida yarim himoyachi Mesut O‘zilni sotib yubormoqchi.
London Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 30 yoshli germaniyalik futbolchini transferga qo‘ydi va uning masalasida bildiriladigan har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, unga xaridor bo‘lgan jamoalar uchun futbolchining yuqori maosh olishi muammo tug‘dirishi mumkin. Boisi, O‘zil ayni damda yiliga 20,4 mln evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zil o‘tgan mavsum “Arsenal” safida jami 35ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar