"Arsenal" qimmat o‘yinchi olyapti

  • 26 yanvar, 2022, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” ichki tartib qoidalarni buzgan Per-Emerik Obameyang bilan xayrlashishga tayyor. “Kanonirlar” asosiy to‘purari o‘rniga boshqa o‘yinchini ham topib qo‘ydi.

Bosh murabbiy Mikel Arteta jamoasiga “Real Sosedad” hujumchisi Aleksander Isakni olib kelmoqchi. Shvetsiyalik futbolchining shartnomasida uning badal puli 90 million evro qilib belgilangan. “Arsenal” mutasaddilari bu summani sezilarli darajada pasaytirishga urinmoqda.

Isak joriy mavsumda jami 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Bu hujumchiga Evropaning bir necha klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!