
"Arsenal" qishda "Borussiya" Dortmund futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Yulian Vaygl “Arsenal”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlarini avval nemis klubida faoliyat olib borgan va ayni damda “kanonirlar” bilan ishlayotgan skaut Sven Mislintat tavsiya qilmoqda. “Arsenal” esa uni qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ammo, dortmundliklar Vayglni mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishlari amri mahol. Garchi u asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmasada, “Borussiya” zaxira futbolchilari sifatini saqlab turish uchun ham uni qo‘yib yubormasligi mumkin.
Fikrlar