Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Arsenal» Raysga yangi shartnoma taklif qiladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Arsenal» Deklan Rays bilan 2028 yildan keyin ham amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachi Deklan Rays bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Topskills Sports UK nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Rays bilan amaldagi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallanganiga qaramay, «kanonirlar» futbolchi bilan yana uzoqroq muddatga shartnoma tuzishni ko‘zlamoqda. Klub rahbariyati jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri hisoblangan yarim himoyachini uzoq yillarga jamoada saqlab qolish niyatida.

Deklan Rays 2023 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta golli pas muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 27 yoshli angliyalik futbolchining transfer qiymati 120 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q