"Arsenal" "Real"ning yosh himoyachisini kuzatmoqda
"Arsenal" ma’lum vaqtdan beri "Real Madrid" himoyachisiga qiziqish bildirib kelmoqda. Gap 19 yoshli Viktor Valdepenyas haqida ketmoqda. U o‘tgan hafta dam olish kunlari "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasi safida debyut qildi.
"Transfer News Live"ning "ESPN Deportes"ga tayanadigan xabariga ko‘ra, Valdepenyas "Arsenal" radaridan chiqmagan. London klubi yosh himoyachini kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali Viktor Valdepenyasning transfer qiymatini 500 ming evro deb baholamoqda. Asosiy jamoadagi debyutdan so‘ng himoyachining narxi yaqin vaqt ichida oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari "Real" mehmonda "Alaves"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar safida Kilian Mbappe va Rodrigo gol mualliflariga aylandi.
Fikrlar