"Arsenal" Remzining o‘rniga yana bir nomzod topdi

  • 9 oktabr, 2018, 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Aaron Remziga yana bir nomzod topdi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda "kanonirlar" 27 yoshli uelslik futbolchi o‘rniga "Portu"dan Ektor Errerani olib kelish masalasini ham ko‘rib chiqishmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Arsenal” Remzining o‘rniga “Sevilya”dan Ever Baneganing nomzodini ham ko‘z ostilariga olib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum yakunida “Arsenal” bilan shartnomasi yakunlanadigan Remziga “Milan” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!