"Arsenal" to‘purarini Ispaniyada kutishmoqda

  • 12 yanvar, 2017, 14:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida "Barselona" sharafini himoya qilgan Aleksis Sanches yana Ispaniya chempionatiga qaytishga yaqin turibdi.

Tecno
 

"Arsenal" safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan hujumchini "Atletiko" o‘z safiga chorlamoqda. Diego Simeone yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishi kutilayotgan Antuan Grizmanning o‘rniga mohir hujumchi qidirmoqda.

28 yoshli Sanches ayni paytda "Arsenal" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti va klubni tark etishi mumkinligini aytgan. Amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha davom etadigan futbolchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 13ta gol urdi.

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!