
“Arsenal” transfer bozorini “portlatmoqchi”
“Arsenal” mutasaddilari jamoani yana yuqori saviyaga olib chiqmoqchi. Keyingi paytda jamoaning o‘yin ancha barqarorlashdi va “kanonirlar” Evrokuboklar yo‘llanmasiga da’vogarlik qila boshladi.
Klub xo‘jayini Sten Kronke bu jarayonni tezlashtirmoqchi va transferlar uchun katta mablag‘ sarflashni rejalashtiryapti. “Kanonirlar” qishda bir necha yuqori saviyali futbolchilarni Londonga olib kelishni mo‘ljallamoqda. Yozda ham bu ish davom ettiriladi.
Shuningdek, “Arsenal” murabbiylar shtabi jamoa tarkibini optimallashtirish maqsadida bir necha futbolchidan voz kechishga tayyor.
Fikrlar