«Arsenal» va «Barsa» futbolchi almashish arafasida

  • 20.12.2021 11:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Todofichajes nashrining xabar berishicha, «Barselona» va «Arsenal» klublari rahbariyati futbolchilar almashish ehtimoli bor.

 

Manbaga ko‘ra, hujumchi Usmon Dembele Angliyada, hujumchi P’er-Emerik Obameyang esa Ispaniya chempionatida to‘p tepishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Usmon Dembelening "ko‘k anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Obameyangning kelishuvi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi, biroq 32 yoshli gabonlik jamoa murabbiylar shtabi bilan janjallashib qolgan va yaqin orada o‘z klubini o‘zgartirmoqchi.

 

Transfermarkt portali, P’er-Emerik 25 million evroga, Usmon esa 50 millionga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!