"Arsenal" va "Barselona" Evropa chempioni uchun raqobatlashadi

  • 2 oktabr, 2021, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” hujumchisi Lorentso Insine shartnoma muddati yakunlanishi bilan bog‘liq sabab tufayli jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Sportsmole tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli italiyalik futbolchiga Angliya premer-ligasi jamoasidan qiziqish mavjud. Aniqrog‘i, “Arsenal” yaqin vaqt ichida Insine bilan bu boradagi muzokaralarni boshlamoqchi.

Aytish lozimki, Lorentsoga “kanonirlar”dan tashqari “Barselona” ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda. “Ko‘k-anor ranglilar” Insine bilan yozda, ya’ni u erkin agentga aylanganida shartnoma imzolashmoqchi.

Insine “Napoli” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!